SOC auditi
Xavfsizlik monitoringi markazi (SOC) auditi – axborot xavfsizligiga doir hodisalarni aniqlash, tahlil qilish va ularga javob berish uchun mas’ul bo‘linma faoliyati samaradorligini baholashning keng qamrovli tartibi.
Audit doirasida zaif tomonlar, samarasiz jarayonlar va rivojlanish sohalarini aniqlash maqsadida SOC tashkiliy tuzilmasi, jarayonlari, texnologiyalari va kadrlar tarkibi o‘rganiladi. Baholash beshta domen: «Biznes», «Xodimlar», «Jarayonlar», «Xizmatlar» va «Texnologiyalar» bo‘yicha amalga oshiriladi.
Audit natijalari moslashtirilgan SOC CMM (Capability Maturity Model) modeli bo‘yicha SOCning joriy yetuklik darajasini aniqlash, namunaviy amaliyotlardan ogʻishlarni topish va tuzatish choralarini taklif etish imkonini beradi.
Qoʻlga kiritilgan natijalar bo‘yicha buyurtmachiga xavf-xatarlar tasnifi, SOC samaradorligini oshirishga taalluqli amaliy tavsiyalar va belgilangan yetuklik ko‘rsatkichlariga erishish hamda infratuzilmani himoya qilishni optimallashtirishga qaratilgan yo‘l xaritasi aks ettirilgan batafsil tahliliy hisobot taqdim etiladi.