KODLAR TAHLILI
Koʻpincha kodni dasturlash jarayoni taqsimlanadi va dasturlash sifati ustidan toʻliq nazoratni oʻrnatish oson boʻlmaydi. Dastur koʻpincha dastur kodidagi xatolar tufayli turli xil zaifliklarni oʻz ichiga oladi.
Dasturlash jarayonida yoʻl qoʻyilgan xatolar, baʼzi holatlarda, nosozliklarga olib keladi va bu oʻz-oʻzidan dasturning ishlashidagi xatoliklarni keltirib chiqaradi: bunda koʻpincha maʼlumotlarning oʻzgarishi va buzilishi, dasturning yoki hatto tizimning toʻxtab qolishi holatlari kuzatiladi. Zaifliklarning aksariyati tashqaridan olingan maʼlumotlarni notoʻgʻri qayta ishlash yoki ularning yetarli darajada qatʼiy tekshirilmaganligi bilan bogʻliq boʻladi.
Dastlabki kodni tahlil qilish ilova kodiga kirish imkoni boʻlmagan himoyalanganlik tadqiqotlariga qaraganda yuqori natijalarni koʻrsatmoqda. Bundan tashqari, dasturlash jarayonida dastlabki kodni sinab koʻrish dastur yoki ilovaning himoyalanganlik darajasini sezilarli darajada oshirishi mumkin.
Dastlabki kodini tahlil qilish uchun dasturlash jarayonining turli bosqichlarida maʼlumotlarni qoʻlda tahlil qilish bilan birgalikda avtomatlashtirilgan vositalardan foydalanish, skaner sozlamalarini tushunish va nafaqat axborot xavfsizligi sohasida, balki dasturiy taʼminotni ishlab chiqish sohasida ham maxsus bilimlarni talab qiladigan hisobotlarni tushunish maqsadga muvofiq boʻladi.
Ushbu muammolarni hal qilishni soddalashtirish uchun koʻplab kompaniyalar maxsus xizmatdan va tashqi ekspertlar tajribasidan foydalanadilar.