Biz biznes maqsadlariga erishish uchun xavfsizlikni taʼminlashga kiritiladigan investitsiyalar qiymatini yildan-yilga oshirib bormoqdamiz.
Rakasta – bu SECaaS modelidan foydalangan holda Sizning biznesingizning axborot xavfsizligini taʼminlashni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻygan jamoa. Biz har kuni tahdidlarga qarshi kurashamiz, Mijozlarimizni turli standartlar talablariga (masalan, PCI DSS, 719-P) javob berishi uchun harakat qilamiz va turli sohalardagi kompaniyalar uchun yuqori darajadagi himoyani taʼminlaymiz.
Xizmatlarimiz sifati borasida Sizda biror shubha qolmasligi uchun biz eng zamonaviy texnik yechimlarni oʻrganishga katta ahamiyat qaratamiz. Avtomatlashtirishga sarmoya kiritar ekanmiz, biz eng qimmatli resurs – bizning professionallar jamoamiz haqida ham unutmadik. Xizmatlarimiz Sizning biznesingiz uchun xarajatlarni kamaytirish va resurslarni optimallashtirishni hisobga olgan holda kerakli darajadagi axborot xavfsizligini taʼminlashi uchun biz doimo oldinda boʻlishga intilamiz.
Bizning maqsadimiz – eng yaxshi axborot xavfsizligi xizmatlarini taqdim etish orqali Sizning biznes gʻoyalaringizni saqlab qolish va himoya qilish.