Mazkur “Maxfiylik siyosati” hujjati (bundan buyon matnda – “Siyosat”) oʻzida www.rakasta.uz [ООО “Ракаста – КК”] (bundan buyon – Operator) saytidan Foydalanuvchi Operatorning veb-saytlari, servislari, xizmatlari, dasturlari, mahsulotlari yoki xizmatlaridan foydalanayotganda hamda Operator tomonidan Foydalanuvchi bilan har qanday kelishuv va shartnomalarning bajarilishi asnosida u haqida Operator, jumladan, Operator bilan bir guruhga mansub barcha shaxslar Foydalanuvchining shaxsiy maʼlumotlaridan foydalanish qoidalarini ifodalaydi. Foydalanuvchining u tomonida sanab oʻtilgan shaxslardan birortasi bilan munosabatlari doirasida ifodalangan Siyosatga roziligi boshqa barcha sanab oʻtilgan shaxslarga tatbiq qilinadi.
Veb-saytdan foydalanish Foydalanuvchining mazkur Siyosatga va unda koʻrsatilgan uning shaxsiy maʼlumotlarini qayta ishlash shartlariga soʻzsiz roziligini, bu shartlarga rozi boʻlmagan taqdirda Foydalanuvchi veb-saytdan foydalanishdan tiyilishi lozimligini ifodalaydi.
1. Siyosatning umumiy qoidalari
1.1. Mazkur SIyosat https://rakasta.uz/ manzili orqali Internet tarmogʻiga joylangan va/yoki mavjud Ommaviy oferta (bundan buyon – “Oferta”)ning, shuningdek, ularning shartlari orqali bevosita nazarda tutilgan boʻlsa, Foydalanuvchi bilan tuziladigan boshqa shartnomalarning ajralmas qismi hisoblanadi.
1.2. Mazkur Siyosat 2006-yil 27-iyuldagi “Shaxsiy maʼlumotlar haqida”gi №152-ФЗ Federal qonun, shuningdek, Rossiya Federatsiyasining shaxsga doir maʼlumotlarni himoyalash va qayta ishlash sohasidagi boshqa normativ-huquqiy aktlariga muvofiq tuzilgan hamda Operator fuqarolik-huquqiy shartnomasi boʻyicha tomon hisoblanuvchi Foydalanuvchidan olishi mumkin boʻlgan barcha shaxsga doir maʼlumotlarga nisbatan amal qiladi.
1.3. Operator mazkur Siyosatga oʻzgartirishlar kiritish huquqiga ega. Oʻzgartirishlar kiritilganda Siyosat sarlavhasida tahrirning oxirgi yangilangan sanasi koʻrsatiladi. Siyosatning yangi tahriri, agar Siyosatning yangi tahririda boshqacha nazarda tutilmagan boʻlsa, u saytga joylangan vaqtdan boshlab kuchga kiradi.
1.4. Mazkur Siyosat, jumladan, uni qabul qilish, ijro etish, oʻzgartirish va harakatdan toʻxtatish qoidalari va tartibi talqini Rossiya Federatsiyasi qonunchiligida qoʻllash uchun moʻljallangan.
2. Foydalanuvchilarning veb-sayt qayta ishlaydigan shaxsiy maʼlumotalri
2.1. Mazkur Siyosatda shaxsiy maʼlumotlar deganda quyidagilar tushuniladi:
2.1.1. Foydalanuvchi tomonidan registratsiya yoki Saytdan foydalanish jarayonida mustaqil taqdim etiladigan axborot, jumladan, Foydalanuvchining shaxsiga doir maʼlumotlar. Sayt tomonidan taqdim etilishi shart boʻlgan maʼlumotlar alohida belgilangan. Boshqa maʼlumotlar Foydalanuvchi tomonidan ixtiyoriy taqdim etiladi;
2.1.2. Saytga avtomatik rejimda uzatiladigan maʼlumotlaryordamida foydalanish jarayonida ulardan Foydalanuvchining qurilmasida oʻrnatilgan dasturiy taʼminot, jumladan, IP manzili, cookie fayllari maʼlumotlari, Foydalanuvchining brauzeri haqidagi maʼlumot (yoki Saytga kirish amalga oshiriladigan boshqa dastur), Foydalanuvchi ishlatadigan qurilmaning texnik xususiyatlari va dasturiy taʼminot, Saytga kirish sanasi va vaqti, soʻrov yuborilgan sahifalarning manzillari va boshqa zaruriy maʼlumotlar;
2.1.3. Qayta ishlanishi Saytdan foydalanish shartlarida nazarda tutilgan Foydalanuvchi haqidagi boshqa maʼlumotlar.
2.2. Mazkur Siyosat faqatgina Saytdan foydalanish asnosida qayta ishlanadigan maʼlumotlarga nisbatan amal qiladi. Sayt maʼlumotlarning Saytda mavjud havolalar orqali oʻtishi mumkin boʻlgan uchinchi shaxslar tomonidan qayta ishlanishini nazorat qilmaydi va javobgarlikni zimmasiga olmaydi.
2.3. Sayta Foydalanuvchi taqdim etadigan shaxsiy maʼlumotlarning ishonchliligini tekshirmaydi hamda uning yaroqliligini baholash imkoniga ega emas.
3. Foydalanuvchining shaxsiy maʼlumotlarini qayta ishlashdan maqsad
3.1. Sayt servislarni taqdim qilish yoki Foydalanuvchi bilan kelishuv va shartnomalarni bajarish uchun zarur shaxsiy maʼlumotlarnigina toʻplaydi va saqlaydi, qonunda belgilangan shaxsiy maʼlumotlarni qonun bilan belgilangan muddat davomida majburiy saqlash qonunchilikda nazarda tutilgan hollat bundan mustasno.
3.2. Foydalanuvchining shaxsiy maʼlumotlarini Sayt quyidagi maqsadlarda qayta ishlaydi:
3.2.1. Servislar, Sayt bilan kelishuv va shartnomalar doirasida tomonlarni identifikatsiya qilish;
3.2.2. Foydalanuvchiga moslashtirilgan servis va xizmatlarni taqdim etish, shuningdek, kelishuv va shartnomalarni bajarish;
3.2.3. Saytdan foydalanish, kelishuv va shartnomalarni bajarish, shuningdek, Foydalanuvchilardan soʻrovlar va arizalarni qayta ishlashga aloqador bildirishnoma, soʻrov va maʼlumotlarni yoʻnaltirish;
3.2.4. Sayt faoliyati sifatini, Foydalanuvchi uchun undan foydalanish qulayligini yaxshilash, yangi xizmat va servislarni ishlab chiqish;
3.2.5. Reklama materiallari targetingi;
3.2.6. Anonim maʼlumotlar asosida statistik va boshqa tadqiqotlarni amalga oshirish.
4. Shaxsiy maʼlumotlarni qayta ishlash shartlari. Foydalanuvchilar va uning uchinchi shaxslarga uzatilishi.
4.1. Foydalanuvchi tomonidan oʻzi haqidagi maʼlumotlarni cheklanmagan doiradagi shaxslar umumiy foydalanishi uchun ixtiyoriy taqdim etilgan holatlardan tashqari Foydalanuvchining shaxsiy maʼlumotlariga nisbatan uning maxfiyligi saqlanadi.
4.2. Sayt Foydalanuvchining shaxsiy maʼlumotlarini quyidagi holatlarda uchinchi shaxslarga uzatish huquqiga ega:
4.3.1. Foydalanuvchi bunday harakatlarga oʻz roziligini bildirsa;
4.3.2. Uzatish Foydalanuvchi tomonidan muayyan servisdan foydalanish yoki Foydalanuvchi bilan muayyan kelishuv yoki shartnomani bajarish uchun zarur boʻlsa;
4.3.3. Uzatish Saytning ishlashi va ishga yaroqliligi uchun zarur boʻlsa;
4.3.4. Uzatish Rossiya yoki boshqa amaldagi qonunchilik tomonidan qonunchilikda belgilangan tartib doirasidan nazarda tutilgan boʻlsa;
4.3.5. Bunday uzatish biznesni sotish yoki boshqa usulda topshirish (toʻliq yoki qisman) doirasida yuz bersa, bunda mazkur Siyosat shartlariga amal qilish boʻyicha u tomonidan olingan shaxsiy maʼlumotlarga aloqador barcha majburiyatlar oluvchiga oʻtadi;
4.3.6. Saytning yoki uchinchi shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish imkoniyatini taʼminlash maqsadida Foydalanuvchi Saytning Foydalanuvchi bilan kelishuvini, mazkur Siyosatni yoki muayyan servislardan foydalanish shartlarini ichiga oluvchi hujjatlarni buzgan hollarda.
4.3.7. Foydalanuvchining shaxsiy maʼlumotlarini uni anonimlashtirish orqali qayta ishlash natijasida anonimlashgan statistik maʼlumotlar olinadi, ular tadqiqot oʻtkazish, faoliyatni amalga oshirish yoki Sayt topshirigʻi bilan xizmatlar koʻrsatish uchun uchinchi shaxsga uzatiladi.
5. Shaxsiy maʼlumotlarni oʻzgartirish va oʻchirish. Maʼlumotlarni majburiy saqlash.
5.1. Foydalanuvchi istalgan payt oʻzi taqdim etgan shaxsiy maʼlumotlarni yoki ularning bir qismini “Aloqa” boʻlimidagi kontaktlar orqali Saytga murojaat qilgan holda oʻzgartirishi (yangilashi, toʻldirishi) mumkin.
5.2. Mazkur Siyosatning 5.1-bandida nazarda tutilgan huquqlar qonunchilik talablariga muvofiq cheklanishi mumkin. Masalan, bunday cheklovlar Saytning Foydalanuvchi oʻzgartirgan yoki oʻchirgan maʼlumotlarni qonunchilik tomonidan belgilangan muddatga saqlash hamda bunday maʼlumotlarni qonunchilikda belgilangan tartibda davlat organiga uzatish majburiyatini nazarda tutishi mumkin.
6. Cookie fayllar va hisoblagichlar yordamida shaxsiy maʼlumotlarni qayta ishlash.
6.1. Sayt tomonidan Foydalanuvchining qurilmasiga va Foydalanuvchining qurilmasidan Saytga uzatiladigan cookie fayllar Sayt tomonidan Foydalanuvchiga moslashtirilgan servislarni taqdim etish, Foydalanuvchiga koʻrinadigan reklamani targetlash, statistika va tadqiqot maqsadlarida, shuningdek, Saytni takomillashtirish uchun ishlatilishi mumkin.
6.2. Foydalanuvchi oʻzi tomonidan internet tarmogʻidagi saytlarga kirish uchun qurilmaviy va dasturiy taʼminot cookie fayllar bilan amaliyotlarni taqiqlash (istalgan sayt yoki muayyan sayt uchun), shuningdek, avvalroq olingan cookie fayllarni oʻchirish funksiyasiga ega boʻlishi mumkinligini tushunadi.
6.3. Yandex muayyan servis yoki xizmatni taqdim etish faqat Foydalanuvchi tomonidan cookie fayllarni qabul qilish va olishga ruxsat etilgan taqdirda mumkin boʻlishini belgilash huquqiga ega.
6.4. Cookie fayl tuzilmasi, uning tarkibi va texnik parametrlari Sayt tomonidan belgilanadi va Foydalanuvchini oldindan ogohlantirmasdan oʻzgartirilishi mumkin.
6.5. Sayt tomonidan joylangan hisoblagichlar Foydalanuvchining cookie fayllarini tahlil qilish, Saytdan foydalanishga oid statistik maʼlumotlarni toʻplash va qayta ishlash, shuningdek, umuman Saytning yoki xususan uning alohida funksiyalarini ishga yaroqliligini taʼminlash uchun ishlatilishi mumkin. Hisoblagichlarning texnik parametrlari Sayt tomonidan belgilanadi va Foydalanuvchini oldindan ogohlantirmasdan oʻzgartirilishi mumkin.
7. Foydalanuvchining shaxsiy maʼlumotlarini himoyalash.
7.1. Sayt Foydalanuvchining shaxsiy maʼlumotlarini huquqqa zid yoki tasodifiy ishlatish, yoʻq qilish, oʻzgartirish, bloklash, nusxalash, tarqatish, shuningdek, uchinchi shaxslar tomonidan ularga nisbatan boshqa huquqqa zid harakatlardan himoyalash uchun zarur yetarli tashkiliy va texnik choralarni koʻradi.
8. Maxfiylik siyosatini oʻzgartirish.
8.1. Sayt mazkur Maxfiylik siyosatiga oʻzgartirishlar kiritish huquqiga ega. Oʻzgartirishlar kiritilganda eng yangi tahrirda oxirgi yangilangan sana koʻrsatiladi. Siyosatning yangi tahriri, agar Siyosatning yangi tahririda boshqacha nazarda tutilmagan boʻlsa, u joylangan vaqtdan boshlab kuchga kiradi. Amaldagi tahrirdan www.rakasta.uz manzili orqali sahifada doimiy foydalanish mumkin
9.Shaxsiy maʼlumotlar yuzasidan kontaktlar va savollar.
9.1. Foydalanuvchi mazkur Siyosat hamda oʻz shaxsiy maʼlumotlaridan foydalanish yuzasidan barcha taklif, savol, soʻrov va boshqa murojaatlarni Saytga yuborish huquqiga ega:
- elektron pochta manzili orqali: hello@rakasta.uz
- pochta manzili orqali: 117587, Moskva sh. Dnepropetrovskaya koʻchasi, 2-uy, 5-qavat, 568-xona, tel: +7 (495) 968 57 66
- Nashr sanasi: 22.06.2022-y.