AHV sozlamalari auditi
AHV sozlamalari auditi – xizmat bitta toʻplamda biznesingizning himoyalanganlik darajasini tekshirish boʻyicha xizmatlar majmuini taqdim etadi.
Maksimal darajada ichki tizimingiz xavfsizligini taʼminlash maqsadida, tarmoq uskunalaridan tashqari, butun infratuzilma muayyan mezonlar va xavfsizlik koʻrsatkichlari boʻyicha tekshiruvdan oʻtadi.
Xavfsizlik tizimida zaifliklarga olib keluvchi ehtiyotsiz harakatlar biznes uchun jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Xizmatimiz vendorlarning ilgʻor tajribasini va axborot xavfsizligi sohasida yuqori malakali mutaxassislar jamoasini birlashtirgan va bu biznesingizni yuqori darajada himoyalash imkonini beradi.
Kompaniyalarning 53% xavfsizlik muammolariga duch keladi. Raqamli texnologiyalar, axborot va aloqa sohasida (52%) ishlaydigan kompaniyalar, shuningdek bozorda 10 yildan ortiq ishlagan korxonalarga kibertahdid ehtimoli koʻproq.
Himoya vositalarini toʻgʻri sozlash va kiberxavfsizlik sohasidagi ekspertlar tavsiyalarigina barcha natijali hujumlarning 95% dan saqlanishda yordam berishi mumkin