Axborot toʻplash va tahdidlarni modellashtirish.
Mobil ilovalar xavfsizligini baholash
Mobil ilovalar xavfsizligini baholash bu – ilovalarni ishlab chiqishning barcha bosqichlarida yuzaga kelishi ehtimoliy muhim zaifliklar va xavflarni aniqlash boʻyicha sinovlar oʻtkazish.
Mobil ilovalar xavfsizligini baholash usullari:
Biz OWASP (Open Web Application Security Project), Mobile Security TOP 10 metodologiyasidan foydalangan holda turli xil OT platformalarining mobil ilovalari xavfsizligi va sinovini baholaymiz.
Ilovangiz xavfsizligini chuqurroq baholash uchun biz “Kodni tahlil qilish”ni tavsiya qilamiz, bu esa yashirin kamchiliklarni ochib beradi va dasturni batafsilroq oʻrganadi.