MONITORING VA DT BOSHQARUVI
Xizmat axborot xavfsizligi administratorlariga yuklamani sezilarli ravishda kamaytiradigan yangilanishlar bilan ishlash boʻyicha majmuaviy yechim taqdim etadi. Oʻrnatilgan DTni oʻz vaqtida yangilash xavfsizlik tahdidlariga nisbatan DT va tizimlar zaifliklarini minimumga olib keladi.
24,1% zaiflik bor-yoʻgʻi beshta kompaniya yechimiga toʻgʻri keladi: Software in the Public Interest (SPI), SUSE, Oracle, IBM и Microsoft
Ponemon Institute statistikasiga koʻra, kiberhujum qurbonlarining 57% qismini xabar berishicha, patch oʻrnatib bu hujumlarning oldini olish mumkin ekan, ushbu qurbonlarning 34% qismi zaifliklar haqida bilishgan, ammo hech bir chora koʻrishmagan.
Infratuzilma xavfsizligini lozim darajada taʼminlash uchun DTni muntazam yangilab turish kerak. Odatda ushbu vazifa axborot xavfsizligi mutaxassislari uchun muammo. Ustuvorliklarni belgilab olish va ularni joriy qilish – mehnattalab vazifa. Ushbu sabab bois juda koʻp holatlarda yangilanishlarni oʻrnatish ortga suriladi. Bundan tashqari, AX administratorlari ularning tarmogʻidagi barcha tizimlarda talab etilgan patchlar va yangilanishlar oʻrnatilishini taʼminlashda jiddiy qiyinchiliklarga duch kelishlari mumkin.