SIEM as a Service
Xavfsizlik hodisalarini markazlashtirgan tarzda yigʻish va boshqarish bu –maʼlumotlar xavfsizligini taʼminlashning asosiy bosqichidir.
Ushbu maʼlumotsiz tahdidlarni aniqlash va hodisalarga nisbatan javob qaytarish qiyin. Bundan tashqari, hodisalarni (jurnalni, LOGʼni) boshqarish uchun texnik yechimni joriy etish xavflarni boshqarish, xavfsizlik hodisalariga javob qaytarish va hisobot tuzish uchun juda muhim ahamiyat kasb etadi. Jurnal maʼlumotlarini toʻplamasdan, IT infratuzilmangizda sodir boʻladigan turli xil tarmoq hodisalarini nazorat qilish va tushunish qiyin.
SIEM tizimi bir joyda va real vaqtda turli manbalardan katta hajmdagi maʼlumotlarni yigʻish va korrelyatsiya qilish jarayonini avtomatlashtiradi. SIEM minglab jurnal hodisalarini zaiflikni va tahdid haqidagi maʼlumotlar kabi boshqa maʼlumotlar bilan bogʻlashga yordam beradi.
“AX hodisalari boshqaruvi” xizmati bu – hodisalarni aniqlash va bu haqda ogohlantirish maqsadida AX hodisalarini boshqarish uchun maʼlumotlarni yigʻish, tahlil qilish va korrelyatsiya qilishning avtomatlashtirilgan jarayonidir. Bu toʻliq SIEM tizimidan uni kompaniyaga joriy etmasdan va u yerda uni tarmoqlashtirmasdan turib foydalanish imkoniyatidir. Tez boshlash, xarajatlar va resurslarni optimallashtirish uchun ideal yechim.