Tarmoq auditini oʻtkazish
Xizmat tarmoq yaroqliligi va xavfsizligining toʻliq tekshirilishini taʼminlovchi tarmoqlararo ekranlarning majmuaviy auditini taqdim etadi.
Notoʻgʻri sozlangan NGFW quyidagilar bilan bogʻliq muammolarga sabab boʻlishi mumkin:
• tashkilot tarmogʻiga noqonuniy kirish;
• zararli fayllarni yuklash;
• zararli saytlar va nomaqbul ilovalarga kirish;
• tashkilot aktivlariga bostirib kirish va hujumlardan himoyaning yoʻqligi.
Audit tarmoq, hududlar va obʼyektlar qoidalarining (xavfsizlik, filtrlash, translatsiya) tegishlicha xavfsizligini aniqlash, shuningdek yangilanishlarni (DT, antivirus bazalari) tekshirish, DT ME ishini tekshirish, tizim jurnallarida xatolar bor-yoʻqligini oʻrganish, optimizatsiya boʻyicha batafsil hisobot va tavsiyalar ishlab chiqish va berish, optimizatsiya ishlaridan soʻng sozlamalar toʻgʻriligini tekshirish imkonini beradi.
Xizmat quyidagilar bilan taʼminlaydi:
– tashkilot perimetri xavfsizligini oshirish;
– tarmoqning ish unumini oshirish;
– uskunalarning buzilishga chidamliligini oshirish;
– uskunalarga yuklamani kamaytirish.