PCI Card Production standarti haqida

Payment Card Industry (PCI) Card Production and Provisioning Logical and Physical Security Requirements standarti toʻlov kartalarini ishlab chiqaruvchilarga va personallashtirish, shaxsiylashtirish uchun maʼlumotlarni tayyorlash, chiplarni joriy etish, qadoqlash va kartalarni ishlab chiqarish va personallashtirish bilan bogʻliq boshqa faoliyat bilan shugʻullanuvchi kompaniyalarga nisbatan qoʻllaniladi.
PCI Card Production standarti Visa va MasterCard xalqaro toʻlov tizimlarining ikkita xavfsizlik dasturining birlashuvi natijasi boʻldi. Aslida, standart moddiy va mantiqiy xavfsizlik talablarini tartibga soluvchi ikkita katta qismga boʻlingan.

Moddiy qismda quyidagi jarayonlarga qoʻyiladigan talablar koʻrib chiqiladi: xodimlarni boshqarish, binoning tashqi va ichki qismlarining moddiy xavfsizligini taʼminlash, alohida binolarga qoʻyiladigan talablar, foydalaniladigan moddiy xavfsizlik tizimlariga qoʻyiladigan talablar va boshqalar.
Mantiqiy qism shaxsiylashtirish, oldindan shaxsiylashtirish, maʼlumotlarni tayyorlash, PIN-kod konvertlarini chop etish va shu kabilarda ishtirok etadigan tizimlarga qoʻllaniladi. Odatda, mantiqiy qismga qoʻyiladigan talablar karta ishlab chiqarishga nisbatan qoʻllanilmaydi. Standartning mantiqiy qismida xodimlarning roli va majburiyatlariga, xavfsizlik siyosati va protseduralariga, ular bilan ishlashning barcha bosqichlaridagi maʼlumotlar xavfsizligiga, tarmoq xavfsizligiga, tizim xavfsizligiga, kirishni boshqarishga, shuningdek, kalitlarni boshqarishga qoʻyiladigan talablar koʻzda tutiladi.

Payment Card Industry (PCI) Card Production and Provisioning Logical and Physical Security Standard talablariga muvofiqlik auditi boʻyicha ishlarini faqat Card Production Security Assessor (CPSA) maqomiga ega kompaniyalar – PCI Card Production Logical Security Standard va/yoki PCI Card Production Physical Security Standard talablariga muvofiq baholashni amalga oshirish uchun PCI SSC regulyatori tomonidan tasdiqlangan kvalifikatsiyaga ega tashkilotlar amalga oshirishi mumkin. CPSA sertifikatiga ega mutaxassislar kompaniyaning Card Production Security Assessor (CPSA) xodimlari boʻlishi va barcha kvalifikatsiya talablarini bajarishi kerak (ish tajribasi, fan sohasidagi bilimi, har yilgi imtihondan oʻtishi va boshqalar).

Bizning mutaxassislarimiz CPSA maqomiga ega va 2012 yildan beri kartalarni ishlab chiqarish va shaxsiylashtirish sohasida xalqaro toʻlov tizimlari talablari boʻyicha ishlarni bajarish uchun sertifikatlashdan oʻtganlar.
Shu vaqt ichida mutaxassislarimiz Rossiya, Italiya, Polsha, Shvetsiya, Turkiya, Qatar, Chili, Panama, Braziliya va dunyoning boshqa koʻplab mamlakatlarida loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirib, katta tajriba orttirishgan.

XIZMAT BOSQICHLARI

1

Baholash rejasini auditor va XTT bilan muvofiqlashtirish, joyida audit oʻtkazish.

2

Hisobot hujjatlarini (ROCs) tayyorlash va ularni xalqaro toʻlov tizimlariga yoʻnaltirish.

3

Buyurtmachi tomonidan nomuvofiqliklarni bartaraf etish va yakuniy xulosani imzolash (VAOC va / yoki AOC).

BU XIZMAT QIZIQARLIMI? BIZ BILAN BOGʻLANING
Yoki ariza qoldiring va bizning mutaxassislarimiz Siz bilan bogʻlanadi