Virtual CISO
Axborot xavfsizligi sohasida professional konsultatsiya xizmatlari.
Axborot xavfsizligi bilan bogʻliq muammolarga duch kelgan koʻplab kompaniyalarda hali ham ushbu vazifalar uchun alohida belgilangan xizmat yoki shtat birligi mavjud emas. Bunga bir qator sabablar bor:
- shtatni kengaytirishdagi moliyaviy cheklovlar;
- ushbu sohaga yuqori malakali mutaxassislar va rahbarlarni ishga olish bilan bogʻliq muammo;
- maʼlum bir mutaxassis zimmasiga yuklash uchun yetarli miqdordagi vazifalarning yoʻqligi.
Shunday holat ham boʻladiki, kompaniyalarga texnik himoya vositalari, tizimlar va texnologiyalar bilan bogʻliq jiddiyroq masalalar boʻyicha qoʻshimcha maslahat kerak boʻlib qoladi.
“Virtual CISO” xizmati – kompaniyalar uchun mazkur sohadagi ekspert va tajribali mutaxassislar xizmatlaridan foydalanish imkoniyati boʻlib, ular Sizning biznesingizda axborot xavfsizligini taʼminlash borasida eng muhim xodimlarga aylanishadi.