SSDLC SERVISI

Dasturiy ta’minotni ishlab chiqishning hayotiy sikli (SDLC) — bu tuzilmaga ega jarayon bo‘lib, minimal xarajatlar va o‘ta qisqa muddatlarda DT ishlab chiqishning yuqori sifatini ta’minlaydi.

Secure SDLC (SSDLC) ishlab chiqish jarayonida xavfsizlik integratsiyasini ta’minlaydi, bu xavfsizlikka bo‘lgan talablarni funksional talablar bilan bir vaqtda to‘plashga, xatarlarni loyihalash bosqichida tahlil qilishga va xavfsizlikni ishlab chiqish bilan parallel ravishda testdan o‘tkazishga olib keladi.

SSDLC DTingizda xavfsizlik nuqsonlarini bartaraf etishga xarajatlarni qisqartirish, ularning mahsuldor muhitga tushishi xatarini kamaytirish va ular keltirishi mumkin bo‘lgan potensial zararni minimallashtirish imkonini beradi.

SSDLC jarayonlari va DevSecOps amaliyotlarini to‘g‘ri bajarish turli texnik yechimlarni joriy qilish va sotib olishga jiddiy kuch va mablag‘ sarflashni, qimmatbaho va noyob mutaxassislardan iborat o‘z bo‘linmasini shakllantirish, vositalar tanlash va ularni o‘z loyihalaringizga mos kastomizatsiyalashni talab qiladi.

Biz DevSecOps servislar to‘plamini taklif etamiz, ular sizning ishlanmangizga SSDLC jarayonlarini ham noldan, ham joriy yetuklik darajasidan kelib chiqib joriy etish imkonini beradi. Ekspertlarimiz aniq va “o‘lchab bo‘ladigan” natijaga ega bo‘lgan holda, eng kam xarajatlar bilan, qisqa muddatda xavfsiz ishlanmani tashkil etishda yordam beradi.

BU XIZMAT QIZIQARLIMI? BIZ BILAN BOGʻLANING
Yoki ariza qoldiring va bizning mutaxassislarimiz Siz bilan bogʻlanadi