ISHLANMA KUTUBXONALARI VA KOMPONENTLARINI TAHLIL QILISH SERVISI (SCA)

“Ishlanma kutubxonalari va komponentlarini tahlil qilish” servisi (keyingi o‘rinlarda – SCA (Software Composition Analysis)) – bu ilovaning komponent tarkibining tahlilidir. Bunday tahlil zaif komponentlarni va xavfsizlik nuqsonlarini aniqlash imkonini beradi.

Zamonaviy ilovalarning aksariyati ochiq boshlang‘ich koddan iborat. Ko‘pincha ochiq boshlang‘ich kod ilovalar kodining 90 foizigacha qismini tashkil qiladi. Ilova ishlab chiqishda tashkilotlar duch keladigan muammolardan biri – bu kodning turli kutubxonalardan to‘planishi hamda, xatarlarni samarali boshqarish va kamaytirish imkoniga ega bo‘lish uchun, ularning barchasi xavfsiz bo‘lishi kerakligidir.

Ochiq boshlang‘ich kodli komponentlar amalda barcha tarmoqlardagi dasturiy ta’minotning asosi sanaladi. “SCA” servisi ilovalarni ishlab chiqishda qo‘llaniladigan ochiq boshlang‘ich kodli kutubxonalarni va ulardagi zaifliklarni kuzatib borishga yordam beradi. Bu ham unumdorlik nuqtayi nazaridan, ham xavfsizlik nuqtayi nazaridan muhimdir.

“SCA” servisi – ochiq boshlang‘ich kodli paketlarda zaifliklarni izlash va ularni bartaraf etish usullarini o‘rganishning samarali yechimi. “SCA” servisi sizga o‘z kodingizni va ilovalaringizning ishlash layoqatini himoyalash imkonini beradi.

Chet (open source) kutubxonalarning to‘liq tahlili
O‘rganilgan zaifliklar identifikatsiyasi
Aniqlangan zaifliklardan foydalanishni baholash
Ishlab chiquvchilarga komponentlar talqinini yangilash bo‘yicha tavsiyalar va muammo mitigatsiyasi bo‘yicha maslahatlar
O‘rganilgan zaifliklarning DTga ta’sirining tahlili
Yangi aniqlangan zaifliklarga tezkor munosabat
Joriy loyihalarda, qo‘shima tekshiruvni ishga tushirmay, yangi zaifliklarni ko‘rsatish
False Positive minimal foizi
Tranzitiv bog‘liqlikni hisobga olgan holda, OpenSource’dan foydalanishni tartibga solish va nazorat qilish
“virusli” litsenziyalar nazorati va xatarlarni baholash

BU QANDAY ISHLAYDI

ИДЕТ ЗАГРУЗКА СХЕМЫ ...

XIZMAT BOSQICHLARI

ИДЕТ ЗАГРУЗКА СХЕМЫ ...
BU XIZMAT QIZIQARLIMI? BIZ BILAN BOGʻLANING
Yoki ariza qoldiring va bizning mutaxassislarimiz Siz bilan bogʻlanadi