Veb-sahifa yaxlitligini nazorat qilish (PIM)

Veb-ilovalar xavfsizligini ta’minlash va foydalanuvchilarni dastur tomonidagi hujumlardan himoya qilish uchun veb-sahifalar va JavaScript fayllarining yaxlitligini doimiy nazorat qilish talab etiladi.

Yaxlitlikning buzilishi veb-resurslar komprometatsiyasi, ta’minot zanjiriga hujumlar, zararli skriptlarning singdirilishi yoki dastur kodining ruxsatsiz o‘zgartirilishi natijasida yuzaga kelishi mumkin. Bunday o‘zgarishlar foydalanuvchiga tegishli ma’lumotlarni o‘g‘irlash, biznes mantiqini almashtirib qoʻyish va soha standartlariga oid talablarning buzilish xavfini tug‘diradi.

Page Integrity Monitoring (PIM) xizmati Buyurtmachining JavaScript fayllari va veb-sahifalaridagi har qanday o‘zgarishlarni avtomatik ravishda aniqlashga mo‘ljallangan. Yechim dastur kodining etalon holatidan ogʻishlarni o‘z vaqtida aniqlash, kritik hodisalar haqida tezkor xabar berish va veb-ilovalar komprometatsiyasi hamda xavfsizlik talablarining, jumladan PCI DSS buzilishi bilan bog‘liq biznes xavflarini kamaytirish imkonini beradi.

PIM veb-konsol orqali ogohlantirishlarni avtomatik shakllantirish va markazlashtirilgan boshqaruv orqali hodisalarga javob berish vaqtini kamaytirish
Dastur kodining ruxsatsiz o‘zgartirishlarini, jumladan zararli skriptlarni singdirilishi va mantiqni almashuvini o‘z vaqtida aniqlash.
To‘lov sahifalari dasturiy yaxlitligini nazorat qilish bo‘yicha PCI DSS 6.4.3 va 11.6.1 kabi me’yoriy va sanoat standartlari talablariga muvofiqlik
Barcha tekshiruvlarni qayd etish, o‘zgarishlar tarixini saqlash va ma’lumotlarni keyingi tahlil uchun ochiqlash orqali kuzatuvning to‘liq shaffofligi ta’minlash.

BU QANDAY ISHLAYDI

ИДЕТ ЗАГРУЗКА СХЕМЫ ...

XIZMAT BOSQICHLARI

schema loading ...
BU XIZMAT QIZIQARLIMI? BIZ BILAN BOGʻLANING
Yoki ariza qoldiring va bizning mutaxassislarimiz Siz bilan bogʻlanadi