SOC as a Service
SOC (Security Operations Center) – bu sizning kiberxavfsizligingiz yuragi. U bamisoli kompaniyangizni raqamli tahdidlardan uzluksiz himoya qiluvchi qo‘mondonlik markazidir.
SOC bajaradigan asosiy vazifa real vaqt rejimida xavfsizlik tahdidlarini kuzatish, aniqlash, ularga javob qaytarish va oldini olishga qaratilgan kiberxavfsizlikni ta’minlashdan iborat. Bu tashkilotingizning axborot tizimlari va ma’lumotlarini uzluksiz himoya qilishni ta’minlaydigan ilg‘or texnologiyalar va mutaxassislar jamoasi bilan jihozlangan ixtisoslashtirilgan markazdir.
“SOC as a Service” xizmati bizning serverlarimizda ishlaydigan tayyor SIEM tizimiga ulanish amalini o‘z ichiga oladi, bu esa SIEM tizimining imkoniyatlaridan uni sotib olish va o‘z quvvatlarida joylashtirish zaruratisiz to‘liq foydalanish imkonini beradi.
“SOC as a Service” xizmati axborot xavfsizligi bo‘yicha mutaxassislar xarajatlarini kamaytirishga yordam beradi. Mutaxassislarimiz SIEM tizimlari kabi zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda kompaniyangizning axborot xavfsizligini boshqarish va nazorat qilish vazifasini o‘z zimmalariga oladi hamda hodisalarga javob berishni ta’minlaydi.